Tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Zamestitel premyer-ministra po voprosam sotsialnogo razvitiya Bexzod Musayev  - Sputnik O‘zbekiston
Musayev: COVID-19ga qarshi kurashda xizmat qilgan tibbiyot xodimi maoshsiz qolib ketmaydi

Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-iyuldan:

- koronavirus epidemiyasi davrida normativga qo‘shimcha ravishda kechayu-kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi;

- kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi:

  • vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
  • o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
  • haydovchilarga – 1,0 mln so‘m.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0