Koronavirusga chalinganlar soni oshishiga tayyor bo‘lishimiz kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga chalinganlar uchun shifoxonalarda o‘rin-joylar miqdori kamida 2-3 baravariga oshirilmoqda.

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Bugun O‘zbekistonda aniqlangan kasallarning yarmidan ko‘pi (57%) Toshkent shahri va viloyatida aniqlanmoqda. Shu bilan birga kasallar soni yanada oshishi mumkin va shifoxonalar shunga tayyor bo‘lishi kerak dedi, prezident 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida.

“Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Shu munosabat bilan qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qo‘shimcha o‘rin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sig‘imi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi, deyilgan xabarda.

Bugungi kunda Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga qarshi kurashda quyidagi tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda: 

  • Toshkent shahrida mavjud 16 ta klinikaga qo‘shimcha COVID-19ga  shubhali bemorlar uchun mo‘ljallangan yana 7 ta 850 o‘rinli “provizor” klinikalar tashkil qilindi;
  • “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 500 o‘rinli - Taqsimlovchi markaz tashkil qilinmoqda;
  • Toshkent viloyatida koronavirus kasalligi gumonlangan shaxslarni davolash va nazoratini olib borish uchun 905 shifo o‘rin, diagnozi tasdiqlanganlar uchun 210 o‘rin statsionar shifoxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda va qo‘shimcha 350 zaxira o‘rin tayyorlab qo‘yildi;
  • Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasida bir smenada ishlaydigan operatorlar soni 40 tadan 100 nafarga yetkazildi. Stansiyaga qo‘shimcha elektr tarmog‘i ulandi, brigadalar soni 250 tagacha ko‘paytirildi. Tez yordam xizmatiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirildi;
  • Xususiy klinikalarga ham koronavirusga chalinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ruxsat berildi va hozirda ularning ro‘yxati tuzilmoqda.

Undan tashqari, Toshkent shahri shifoxonalari qo‘shimcha 285 ta o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi apparati, 155 dona o‘pkani yordamchi nafas oldirish uskunasi, 140 dona kislorod konsentratori, 200 ta funksional yotoqlari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 100 ta “Damas” ambulans mashinasi ajratildi, shulardan 25 tasi joylarga tarqatildi. 

Va, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash jarayoni uchun 49 xil turdagi dori vositalari zaxirasi uchun dastlabki 10 milliard so‘m pul ajratilishi rejalashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0