TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatda COVID-19ga chalingan bemorlar soni oshishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida batafsil hikoya qilib berdi.
Turdimov aytishiga ko‘ra viloyat koronavirus bo‘yicha vaziyat yomonlashuviga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shifoxonlarlda zahira o‘rinlar, 2 oylik dori-darmon zahiralari, kerakli tibbiy uskunalar - bularning barchasi kasallar soni oshishiga tayyorlab qo‘yilgan.
Viloyatda quyidagi ehtiyot choralari ko‘rilgan:
- COVID bilan kasallanganlar uchun 8000 mingta o‘rin, og‘ir bemorlar uchun 100 ta jonlantirish o‘rinlari tayyorlangan;
- tez yordam raqami (103) uchun 24 ta raqamli telefon apparati va operatorlar ishga tushirilgan;
- telefon orqali tibbiy maslahat (1105) xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan;
- viloyatdagi 34 ta portativ rentgen apparatlarning barchasi koronavirus bilan ishlashga o‘tkazilgan, qo‘shimcha yana 2ta maxsus apparat sotib olingan;
- COVIDni davolash uchun kerakli 65ta dorilarning 2 oylik zahirasi tayyorlangan. Koronaviursga chalingan barcha bemorlarga dorilar viloyat budjeti hisobidan bepul yetkazib beriladi;
- Undan tashqari, COVID aniqlangan hollarda bemorni aniqlash va unining joylashtirishning maxsus tartibi joriy etilgan.
Ushbu tartibga ko‘ra, koronavirusga shubha qilingan bemorning uyiga shifokor bormaydi. Birinchi bosqichda bemor tez yordam xodimlari tomonidan maxsus Qabul punktiga olib kelinadi. U yerda bemorga 1 kuni ichisha aniq tashhis qo‘yiladi va keyin shunga qarab bemor kerakli joyga yo‘naltiriladi.
“Shifokorlar COVID bilan kasallangan bemorning uyiga bormaydi. Chunki bunda shifokorning o‘ziga ham kasallik yuqishi mumkin. Agar shifokorlar kasal bo‘lsa ertaga virusga qarshi kim kurashadi? Shifokorlar bugun bizning oltin fondimiz. Ularni asrashimiz kerak. Men o‘zim ko‘rdim ularning 99% o‘z ishini a’lo darajada bajarayapti. Moddiy tomondan yordam bera olmasak ham ma’naviy tomonda qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, - dedi viloyat hokimi.
Turdimov shuningdek,viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan birgalikda qishloq poliklinikalari vrachlarini ham maxsus yo‘riqnomalar berilgani va tayyorlarlik ko‘rilgani haqida aytib o‘tdi. Xususan, u yerda ishlaydigan shifokorlarga Uzmobile kompaniyasi tomonidan 800ta mobil aloqa telefonlari berilgan bo‘lib, bemorlar kerak bo‘lganda shifokorlar bilan ulanish imkoniyati yaratilgan.
Shu bilan birga viloyat hokimi kasallik belgilari paydo bo‘lganda, o‘z-o‘zini davolamasdan darhol shifokorga murojaat qilishni maslahat berdi.
"Profilaktika kerak, ehtiyotkorlik kerak, lekin belgilar paydo bo‘lganda, albatta mutaxassiga murojaat qiling", - deydi Turdimov.
Bunday deyishga sabab bir necha kun oldin Samarqandda bo‘lgan voqea sabab bo‘lgan. Yosh yigit koronavirusga chalingan, lekin buni oddiy shamollash dey o‘ylab o‘zi davolanib yuravergan. 5-6 kuni o‘tib ahvoli og‘irlashgan, harorati 40 darajaga chiqib ketgan va hushini yo‘qotib qo‘yigan. Shunidan so‘ng uning onasi shifokorlarga murojaat qilgan. Bemor darhol jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va bugunni kunda tuzalib ketgan. Agna shunday voqealarni oldini olish kerak, deydi Turdimov.