Afrika ikki qismga bo‘linadi, ular orasida okean o‘tadi – olimlar

© REUTERS / Mike HutchingsPlotina Tevaterkluf vozle Keyptauna, Yujnaya Afrika
Plotina Tevaterkluf vozle Keyptauna, Yujnaya Afrika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda Afrika qit’asi ikki qismga bo‘linadi. Bu haqda olimlar tektonik plitalar harakatlanishini tahlil qilish natijalariga asosan ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Kelajakda Afrika qit’asi ikki qismga bo‘linadi. Bu haqda olimlar tektonik plitalar harakatlanishini tahlil qilish natijalariga asosan ma’lum qilishdi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon ayni vaqtda yuz bermoqda. Buni bir necha yil oldin Keniyaning janubi-g‘arbiy qismida to‘satdan paydo bo‘lgan yoriq tasdiqlaydi. Uning uzunligi bir necha kilometrga, chuqurligi 15 metr va kengligi 20 metrgacha yetadi.

Bundan tashqari, Efiopiyaning Afar mintaqasida shunga o‘xshash yoriq mavjud. U bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishda asta-sekin harakatlanadigan uchta tektonik plitalarning birlashmasida joylashgan.

2005 yilda hosil bo‘lgan yoriq har yili kengaymoqdda. Ayni vaqtda uning uzunligi 56 kilometrni tashkil qilmoqda.

“Bularning barchasi Afrikaning aniq bo‘linib ketishidan dalolat bermoqda”, - deydi mutaxassislar.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Afrikaning ajralib chiqqan ikki qismi o‘rtasida yangi okean paydo bo‘ladi. Suv havzasini shakllantirish uchun 5-10 million yil kerak bo‘ladi. U Aden ko‘rfazi va Qizil dengiz suvlaridan hosil bo‘ladi.

Qizil dengiz va Aden ko‘rfazi ham bir vaqtlar Afrika va Arab tektonik plitalari tufayli vujudga kelgan.

Yangiliklar lentasi
0