O‘zbekistonda yuqori lavozimli shaxslar COVID-19 bilan kasallangani ma’lum qilindi

© REUTERS / DADO RUVICProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ikki yuqori lavozimli amaldor koronavirus yuqtirib olgani va davolanayotgani rasman tasdiqlandi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirus bilan kasallandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Musa Yerniyazov Nukusda va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahrida davolanmoqda.

U vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik O‘zbekiston
To‘qqiz hududda 243 ta yangi koronavirus holati aniqlandi

Bugungi kunda ularning ahvoli qoniqarli deb topilgan. Ta’kidlanishicha, davolash taktikasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borilmoqda.

Kuni kecha sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi bir guruh soha vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan. U yerdagi mavjud holat o‘rganilib, olib borilayotgan profilaktika, epidemiologiya tadbirlarining sifati tanqidiy ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holati 16429 taga yetgan. Bemorlarning 9127 nafari tuzalib ketgan. 84 kishini virus bevaqt hayotdan olib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0