TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakatining rasmiy vakili Suhayl Shahin Rossiya bilan “til biriktirganlik” toʻgʻrisidagi xabarlarni asossiz deb atadi. U bu haqda RT telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Bu “rus mukofotlari” — yolgʻon. Biz kimningdir puli uchun jang qilmayapmiz. Odamlarimizning jang va oʻzlarini qurbon qilayotgan mafkuralari bor", — dedi Shahin. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
“Tolibon”* harakati rasmiy vakilining fikricha, Amerika OAVda chop etilgan bunday maqolalar AQShning ichki siyosati hamda Vashingtondagi ayrim kuchlarning AQSH va “Tolibon”* oʻrtasida Dohada imzolangan tinchlik kelishuvni yoʻqqa chiqarish istagi bilan bogʻliq.
26 iyun kuni New York Times jurnalistlari maqola chop qilishdi. Unda taʼkidlanishicha, goʻyoki Rossiya “Tolibon”* terrorchilik guruhi aʼzolariga Afgʻonistondagi Amerika askarlarining boshi uchun mukofot taklif qilgan.
Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi toʻgʻrisidagi ushbu xabarlarni yolgʻon deb atadi.
Oʻz navbatida, AQSH prezidenti Donald Tramp New York Timesdagi maqolaga sharh berar ekan, uni "navbatdagi buyurtma" deb atadi, va na oʻziga, na vitse-prezidentga, na Oq uy maʼmuriyatiga shu paytgacha hech kim ruslar Afgʻonistondagi AQSH qoʻshinlariga hujum uyushtirganlari haqida maʼlumot yetkazmaganligini taʼkidladi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot