"Yermak yukdan qo‘rqmaydi": eng kuchli lokomotivlar O‘zbekistonga yetib keldi

Obuna bo‘lish
Toshkent Markaziy vokzalida "Yermak" tipidagi ikkita yangi uch seksiyali elektrovoz, Multi Tasker KRC 1200UZ rusumli ko‘p funksiyaga ega kranli mexanizm hamda TEM2-6606 rusumli lokomotiv namoyish etildi.

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" Rossiyadan yangi elektrovozlar olib keldi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPribornaya panel gruzovogo elektrovoza "Yermak"
Yermak yukdan qo‘rqmaydi: eng kuchli lokomotivlar O‘zbekistonga yetib keldi - Sputnik O‘zbekiston
Pribornaya panel gruzovogo elektrovoza "Yermak"

Qayd etilishicha, Toshkent Markaziy vokzalida "Yermak" tipidagi ikkita yangi uch seksiyali elektrovoz, Multi Tasker KRC 1200UZ rusumli ko‘p funksiyaga ega kranli mexanizm hamda TEM2-6606 rusumli lokomotiv namoyish etildi. Yil yakuniga qadar yana shunday elektrovozlarning uchtasi keltirilishi rejalashtirilgan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDva gruzovix elektrovoza "Yermak" dostavleni v Tashkent
Yermak yukdan qo‘rqmaydi: eng kuchli lokomotivlar O‘zbekistonga yetib keldi - Sputnik O‘zbekiston
Dva gruzovix elektrovoza "Yermak" dostavleni v Tashkent

Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatga teng. Harakatdagi minimal tezligi 49,9 kilometr/soatni, eng yuqori tezligi 110 kilometr/soatni tashkil etadi. Multi Tasker KRC 1200UZ esa ayni paytda MDH davlatlarida yagona bo‘lgan ko‘p funksiyaga ega kranli mexanizmdir. U Germaniyaning Kirow Ardel GmbH zavodida ishlab chiqariladi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovElektrovoz "Yermak" na vokzale v Tashkente
Yermak yukdan qo‘rqmaydi: eng kuchli lokomotivlar O‘zbekistonga yetib keldi - Sputnik O‘zbekiston
Elektrovoz "Yermak" na vokzale v Tashkente

Taqdimot marosimida, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ lokomotiv parkidagi yangilangan (modernizatsiya qilingan) ikkita lokomotiv ham taqdim etilgan.

"Ular "O‘zbekiston" deposidagi nafaqat birinchi kapital ta’mirdan chiqqan poyezdlar, balki mamlakatimizda elektrovozlarning kapital ta’mirlanishini yangi bosqichga ko‘tarish uchun dastlabki qadamdir", — degan elektrovoz mashinisti Vostreykin Vladimir.

Eslatib o‘tamiz, may oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Rossiyadan beshta elektrovoz sotib olishi xabar berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0