Zaxarova: Afg‘onistondan chet el qo‘shinlarining to‘liq chiqarilishi urushga nuqta qo‘yadi

© MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva Amerika tomonining Doxa bitimi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishini olqishlaydi, dedi brifingda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

Fevral oyida "Tolibon" radikal harakati va AQSh o‘rtasida tuzilgan kelishuv doirasida AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondagi beshta bazani tark etdi, qo‘shinlar soni kamaydi, deya ma’lum qildi AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad.

Amerikancha “Tolibongeyt” - bu fitnaning maqsadi nima?

"Moskva e’tiborini AQSh Mudofaa vazirligi rasmiy vakilining Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlari sonini Vashington va (Rossiyada taqiqlangan) "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlikka erishish to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan darajagacha qisqartirish, shuningdek, beshta bazani afg‘on milliy xavfsizlik kuchlariga topshirish to‘g‘risidagi bayonotiga qaratdi", - dedi Mariya Zaxarova har haftalik brifingda.

Uning ta’kidlashicha, Moskva Amerika tomonining Doxa bitimi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishini olqishlaydi.

"Biz AQSh, toliblarni va rasmiy Kobulni Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish jarayoni doirasida qolgan kelishuvlarni amalga oshirishga chaqiramiz", - deya qo‘shimcha qildi Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi navbatda mahbuslarni almashish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onlararo muzokaralarni boshlash bilan bog‘liq.

"Ishonamizki, Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarning to‘liq chiqarilishi va xalqaro hamkorlar yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onlararo muzokaralar olib borilishi ko‘p yillik qonli urushga chek qo‘yadi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi", - deya xulosa qildi Rossiya TIV vakili.

Yangiliklar lentasi
0