O‘zbekiston xorijda berilgan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikatni tan olmaydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishEkspress-diagnostika na antitela k koronavirusu v klinike Hadassah Medical Moscow v Skolkovo
Ekspress-diagnostika na antitela k koronavirusu v klinike Hadassah Medical Moscow v Skolkovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
PZR tahlili asosida xorijda berilgan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat O‘zbekistonda haqiqiy hisoblanmaydi

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda xorijda berilgan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat tan olinmaydi. Bu haqda sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“PZR tahlili asosida xorijda berilgan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat O‘zbekistonda haqiqiy hisoblanmaydi”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Eslatib o‘tamiz, o‘z chegaralarini ochayotgan ayrim mamlakatlar tashrif buyuruvchilardan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat talab qilmoqda.

Jumladan, 15-iyuldan Rossiyaga kelayotgan fuqaro kelishidan ko‘pi bilan uch kun oldin polimer zanjir reaksiyasi (PZR) usuli bilan olingan tahlili manfiy chiqqan sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Bunaqa hujjat bo‘lmasa, unda Rossiya hududida 3 kun ichida koronavirusga tahlil topshirishi shart bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0