Android markazga tashrif buyuruvchilar bilan aloqaga kirishadi, hujjatlarni skaner qiladi, arizalar tuzadi va ularni ro‘yxatga oladi, so‘ngra umumiy bazaga yuboradi.
Fuqarolarning tan olishicha, ularning taassurotlari turfa: uzoqdan qaraganda, tirik odam tinimsiz sizni kuzatayotgandek tuyuladi, ammo keyin bu holatga ko‘niksa bo‘ladi.
Ayol-robotning tashqi ko‘rinishi minglab rossiyalik qizlar suratlari tahlillari asosida neyroset tomonidan ishlangan.
Aytgancha, android rostdan ham odamga juda o‘xshash, ayniqsa, hissiyotlari tufayli. Robot konstruksiyasi unga 600dan ortiq inson mikromimikalarini namoyon etishga imkon beradi.
Rossiyaning robototexnika sohasidagi yutuqlari haqida videoda tomosha qiling!