TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Amerikalik reper Kanye Uest prezident saylovlarida ishtirok etish uchun Oklamoxa shtati saylov komissiyasida mustaqil nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, 15-iyul mustaqil nomzodlar uchun ishtirok etish uchun hujjat topshirish mumkin bo‘lgan so‘nggi kun bo‘lgan.
AQSh federal saylov komissiyasi (FEC) rasmiy saytida Uest partiyasi “BDY” tomonidan prezident lavozimi poygasida ishtirok etish uchun to‘ldirilgan №1 formasi taqdim etilgan. Shu bilan birga u Andre Bodifordom (Andre Bodiford) degan kishi tomonidan to‘ldirilib imzolangan.
Avvalroq Amerikaning Intelligencer jurnali reper Kanye Uest 2020-yilda AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etmasligi haqida xabar tarqatgan edi.