Markaziy bank so‘m yil boshidan necha foizga qadrsizlanganini ochiqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga qaraganda, boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga qadrsizlangan.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozoridagi holat xorijiy valyutaga bo‘lgan talab hajmining o‘sishi hamda taklif hajmining nisbatan kamayishi sharoitida shakllandi. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.

Xususan, hisobot yili boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga, iyun oyida esa 0,4 foizga qadrsizlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. 2018 va 2019-yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 baravarga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholining xorijiy valyuta sotib olishi 3 baravarga oshgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0