Ispaniyada COVID-19 bilan kasallangan 100 mingga yaqin qorako‘zan yo‘q qilinadi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishNorka
Norka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qorako‘zanlar Puebla-de-Valverde munitsipalitetidagi fermada o‘ldiriladi. Chunki u yerda kasallik belgilari bo‘lmaganiga qaramasdan 87 foiz hayvonlarda koronavirus aniqlangan.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Ispaniyaning Aragon avtonom jamiyati hukumati COVID-19 bilan kasallangani tufayli 90 mingdan ziyod qorako‘zanlarni (norka) yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qorako‘zanlar Puebla-de-Valverde munitsipalitetidagi fermada o‘ldiriladi. Chunki u yerda kasallik belgilari bo‘lmaganiga qaramasdan  87 foiz hayvonlarda koronavirus aniqlangan.

Gap borayotgan ferma may oxirida yetti nafar xodimda koronavirus aniqlangandan so‘ng vaqtincha yopilgan edi. Xodimlar hozir tuzalib ketgan.

Kupayushiyesya na plaje nedaleko ot derevni Agaete na ostrove Gran-Kanariya, postradavshey ot lesnogo pojara - Sputnik O‘zbekiston
Ispaniya yozni sayyohlarsiz o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

3 iyun kuni hayvonlardan olingan tahlil manfiy chiqqan. 22-iyun kuni koronavirus 5 ta qorako‘zanda aniqlangan. 13-iyulga kelib ularning deyarli 87 foizi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan.

“Aniq tahlillarni olgandan so‘ng Aragon hukumati 92 700 bosh hayvonni oldini olish chora sifatida yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - degan Aragon hukumatining qishlov xo‘jaligi bo‘yisa maslahatchisi Xoakin Olona.

Shu bilan birga, u hayvonlardan odamga virus o‘tish yoki o‘tmasligi aniqlanmaganini tan oldi. Ammo shunday bo‘lishi mumkinligini inkor qilmadi.

“Gap boshlang‘ich gipoteza haqida bormoqda”, - deya aniqlik kiritgan u.

Niderlandiyada koronavirus 20 tadan ziyod fermada aniqlangan edi. Buning natijasida bir millionga yaqin hayvon yo‘q qilingan.

Yangiliklar lentasi
0