“O‘zbekneftgaz” AQSh kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzoladi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishNeftepererabativayushiy zavod
Neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh kompaniyasi Buxoro zavodida neftni qayta ishlash chuqurligini 79% dan 95% gacha oshirishga yo‘naltirilgan texnologik uskunalar hujjatlari paketini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. “O‘zbekneftgaz” Buxoro neftni qayta ishlash zavodining modernizatsiya va qayta qurish loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga jahonning yetakchi litsenziari AQShning “Honeywell UOP” kompaniyasini jalb qildi. 

"Buxoro NQIZ” MChJ va “Honeywell UOP” (AQSh) kompaniyasi o‘rtasida texnologik uskunalar hujjatlari paketini ishlab chiqish bo‘yicha bitim va litsenziya shartnomasi imzolandi", - deyilgan xabarda. 

Bitim korxonaning mavjud quvvatlarni qayta ishlash chuqurligini 79% dan 95% gacha oshirish, yengil neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 77% dan 91% gacha oshirish va Yevro 5 standartining talablariga javob beradigan neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.

Ferganskiy NPZ - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona neft zavodi ekologiyaga zarar yetkazganini tan oldi

Ushbu loyiha doirasida umumiy naftani gidrotozalash, yengil naftani izomerizatsiya qilish, vodorod tozaligini oshirish uchun qisqa siklli adsorbsiya qurilmalari va mazutni katalitik krekinglash kompleksini yangidan qurish hamda nordon gazlarni aminli tozalash, gazoylni gidrotozalash va neft va gaz kondensati aralashmalarini atmosfera distillash qurilmalarini qayta qurish kabi jarayonlan rejalashtirilgan.  

Ma’lumot uchun, “Honeywell UOP” kompaniyasi lizenziya va texnologik uskunalarning pudratchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasidagi 20 dan ortiq yirik loyihalarda ishtirok etgan. Ular qatorida, “Qandim” gazni qayta ishlash zavodida gazni quritish va merkaptanlardan tozalash jarayon ham bor. 

Yangiliklar lentasi
0