TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlar 2020-yilgi reytingini e’lon qildi.
Reytingga dunyoning 135 ta davlati kiritilgan bo‘lib, ro‘yxat uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi.
O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 130-o‘rinni egalladi.
Reytingdan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ham o‘rin olgan. Jumladan, Qozog‘iston 116-o‘rinni, Qirg‘iziston 133-o‘rinni, Afg‘oniston 132-o‘rinni, Pokiston esa 135 — eng so‘nggi o‘rinni egalladi.
Bermud orollari 2020-yilda yashash uchun eng qimmat deb topildi. Undan keyingi pog‘onalarni Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Yaponiya egallagan.