Manba: Rossiya va Turkiya aviaparvozlarni tiklashga kelishdi

© Sputnik / Marina LissevaSamolet Airbus-320. Arxivnoe foto
Samolet Airbus-320. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aviaparvozlar koronavirus tarqalishi holatlari 100 ming aholiga 40ta holat qayd etilgan davlatlar bilangina qayta tiklanadi.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Turkiya transport va infratuzilmalar vazirligi Moskva va Anqara 15-iyuldan parvozlarni tiklashga kelishib olgani haqida xabar berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.

Samolet Airbus-320. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya 13 ta mamlakatga parvozlarni qayta tiklashga tayyor: O‘zbekiston ro‘yxatda bormi

Turkiya Transport vazirligidagi RIA Novosti manbasi ushbu xabarni tasdiqladi, ammo hozircha aniq sana ma’lum qilingani yo‘q.

Sal oldin Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova 15 iyuldan hukumat chet elga aviaparvozlarga bo‘lgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishi haqida xabar bergan edi.

Aviaparvozlar koronavirus tarqalishi holatlari 100 ming aholiga 40ta holat qayd etilgan davlatlar bilan qayta tiklanadi.

Ushbu mamlakatlarda bemorlanganlar soni va COVID-19ning o‘rtacha bir sutkalik ko‘payishi miqdori 1%dan oshmasligi lozim.

Yangiliklar lentasi
0