Eron koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan ham o‘ta oladi - Hasan Ruhoniy

© AFP 2023 / Banaras KhanVrach proverayet temperaturu tela cheloveka v gorode Taftan na pakistano-iranskoy granitse
Vrach proverayet temperaturu tela cheloveka v gorode Taftan na pakistano-iranskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron prezidenti koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi va Respublika bundan o‘tib keta olishiga ishonch bildirdi.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Eron koronavirusning may oyida boshlangan ikkinchi to‘lqinidan o‘tib keta oladi, dedi prezident Hasan Ruhoniy hukumat yig‘ilishida. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, may oyining o‘rtalarida boshlangan ikkinchi to‘lqin mamlakatning janubiy viloyatlariga ta’sir qildi. Birinchi to‘lqin esa, mamlakatning shimoliy va markaziy qismlariga ta’sir qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 262 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 225 mingdan ortiq odam davo topgan va 13,2 ming kishi vafot etgan.

Avvalroq Sputnik radiosi Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha rekordni e’lon qilganini xabar qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0