TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. O‘zbek kino va teatri olami og‘ir judolikka uchradi. O‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, barchaga "Shum bola" obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan aktor Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida bevaqt olamdan o‘tdi.
Hozirda hamkasblari hamda san’at ahli Abduvahobovlar oilasiga ta’ziya izhor qilmoqda.
Abdurayim Abduvahobov 1963-yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan.
1984 yili M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutini "Drama teatri aktori” fakultetini bitirib, Milliy teatrda 1991-yildan buyon faoliyat yurtib kelmoqda.
2002 yili "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yili "Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Abduvahobov aktorlik faoliyati davomida 100 ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi kishilar siymosini gavdalantigan.