“Qora o‘lim”: Mo‘g‘ulistonda 15 yoshli o‘smir o‘latdan vafot etdi

© REUTERS / Soe Zeya TunVrach v zashitnix ochkax.
Vrach v zashitnix ochkax. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mo‘g‘ulistonning Gov-Altay provinsiyasida qora o‘latga chalingan 15 yoshli yigit vafot etdi. Bir necha kun avval qora o‘lat tashuvchisi bo‘lgan – sug‘ur go‘shtini iste’mol qilishgan.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Mo‘g‘ulistonning Gov-Altay provinsiyasida qora o‘latga chalingan 15 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Sinxua agentligi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Patsiyent pered operatsiyey v operatsionnoy v gorodskoy klinicheskoy bolnitse №3 g. Tambova. - Sputnik O‘zbekiston
O‘ta xavfli: Markaziy Osiyoda qora o‘lat tarqalishi qayd etilganmi?

“Dushanba kuni kechqurun PSRga o‘tkazilgan test 15 yoshli bolaning o‘limiga qora o‘lat sabab bo‘lganligini ko‘rsatdi”, - deb aniqlik kiritdi idora vakili Dorjiyn Narangerel.

Yigit shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Bir necha kun oldin u va uning do‘stlari ko‘pincha qora o‘lat tashuvchisi bo‘lgan – sug‘ur go‘shtini iste’mol qilishgan.

Marhumning ikki do‘sti va yana 15 kishini shifoxonalarda karantinga olishdi.

Shu oyning boshida Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyatida chorvador qora o‘latga chalinish holati qayd etilgandi. Bundan tashqari, Mo‘g‘ulistonning g‘arbiy qismida Oltoy respublikasi bilan chegaradosh hududda ikki kishi infeksiya yuqtirib olgani aniqlangandi.

Rossiya Federatsiyasining Ulan-Batordagi elchixonasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Mo‘g‘uliston rasmiylari zudlik bilan zarur choralarni ko‘rganligi va xavotirga o‘rin yo‘qligi ma’lum qilgandi.

Qora o‘lat - bu o‘lim darajasi yuqori va o‘tkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Tabiiy o‘choqlarda infeksiya manbai - o‘lat tayoqchalari - asosan kemiruvchilar: sug‘urlar, yumronqoziqlar, olmaxonlar va kalamushlar, infeksiya tashuvchilari esa - burgalar.

Yangiliklar lentasi
0