TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Dunyoga koronavirusning yangi shtammining 3-chi to‘lqini tahdid solmoqda. Bu haqda amerikalik shifokor Chad Krilich Deutsche Welle telekanaliga bergan intervyuda ma’lum qildi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, agar hukumat va fuqarolar xavfsizlik choralariga rioya qilmasa koronavirusni yuqtirib olishning yangi holatlari rekord darajaga ko‘tarilishi mumkin.
Shifokor AQShda cheklovlar asta-sekin olib tashlash boshlaganida, may oyining oxirida infeksiyaning takroran paydo bo‘lganiga e’tibor qaratdi.
Krillichning fikriga ko‘ra, bunday holatlarga e’tibor bermay bo‘lmaydi, ular fonida yetarli miqdordagi himoya, test va dori-darmonlar bilan ta’minlash kerak.
Koronavirusning uchinchi to‘lqini grippning tarqalishi bilan boshlanishi mumkin, deb hisoblamoqda mutaxassis.
“Bu xuddi 3 aktli spektaklga o‘xshaydi, va biz hozir ikkinchisidamiz. Keyin uchinchisi bo‘ladi”, - dedi shifokor.
Krilich ta’kidlashicha, koronavirusning yangi to‘lqini turli omillarga, shu jumladan vaksina ixtiro qilinishi va aholi tomonidan sanitariya-epidemiologiya choralariga rioya qilishiga bog‘liq.