O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 61 nafarga yetdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPalati vo vremennom gospitale dlya patsiyentov s COVID-19
Palati vo vremennom gospitale dlya patsiyentov s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yana bir toshkentlik koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi. 67 yoshli ayolda 10-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning 10-iyul kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 67 yoshli ayol M.T.da COVID-19 tasdiqlangan. Shu kuniyoq o‘tkir nafas yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli og‘ir bo‘lganligi uchun Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Tojikiston COVID-19 ni yengishga muvaffaq bo‘ldimi?

Shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 2-darajasi, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 61 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0