Migrantlar Ivanovo viloyatida narkolaboratoriya ochishdi - barchasi izolyatorda

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH fuqarolari Ivanovo viloyatida sintetik narkotik moddalarini ishlab chiqarish laboratoriyasini tashkil etishda gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. MDH fuqarolari Ivanovo viloyatida sintetik narkotik moddalarini ishlab chiqarish laboratoriyasini tashkil etishda gumon qilinmoqda, deb ma’lum qildi RF IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Narkotiki v xlebe - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda jinoyatchi non ichida narkotik olib o‘tishga harakat qildi

“Rossiya IIV Giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishini nazorat qilish bosh boshqarmasi xodimlari Ivanovo viloyatidagi hamkasblari bilan birgalikda uyushgan guruh faoliyatini bartaraf etdilar, ushbu guruh a’zolari keyinchalik sotish maqsadida giyohvand moddalar ishlab chiqarishga uringanlikda gumon qilinmoqda”, - dedi Volk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlaridan birining 4 nafar fuqarosi Kineshma shahri chekkasida shaxsiy uyni ijaraga olgan va u yerda sintetik narkotik vositalarini ishlab chiqarish sexini tashkil qilgan.

Politsiyachilar 192 kilogramm sotishga tayyor mefedron moddasini topdilar. Shuningdek, ishlab chiqarishning butun siklini ta’minlovchi laboratoriya uskunalari, 1,5 ming kilogrammdan ortiq kimoviy moddalar va tarkibida suyuq modda joylashtirilgan 437 dona plastik idishlar musodara qilindi.

Giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Yangiliklar lentasi
0