“Bu boshlanishi”: kadastr tizimida 7 nafar rahbar ishdan olindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPustie kresla
Pustie kresla - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada kadastr yo‘nalishida respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Davergeodezkadastr qo‘mitasi o‘z kanalida “Kadastr tizimida “tozalash ishlari” boshlandi” nom ostida xabarni joylashtirdi.

Novaya karta s NFC - Sputnik O‘zbekiston
Kadastr hujjati smart chip o‘rnatilgan plastik kartaga almashtiriladi

Unda aytilishicha, 10-iyul kuni kadastr yo‘nalishida respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

“Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to‘siq bo‘layotgan har bir muammoni yechish qo‘mita oldida turgan pirovard maqsad bo‘lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo‘ladi. 

Hurmatli fuqarolarimiz va tadbirkorlarimiz. Agarda Siz yuqorida aytib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha korrupsion holatlarga duch kelsangiz bizga (telegram bot @ygkuzbot, elektron pochta 01@ygk.uz) xabar bering”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0