O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytirildi. Jumladan, avtotransport vositalarining harakati cheklandi, hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyatidan poytaxtga avtomobilda kirib-chiqishga istisno tariqasida ruxsat berilgan.
Shuningdek, 2020-yil 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda quyidagi karantin cheklovlari kiritildi:
- sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati to‘xtatiladi;
- mahalliy (ichki) aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovi to‘xtatiladi;
65 yoshdan oshgan shaxslarga o‘zini o‘zi yakkalash hayot tarziga qat’iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.
Joriy yil 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.
Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan mashinalar hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Karantin qaytgan Toshkent Sputnik muxbiri obyektivida.