O‘zbekistonda tun davomida qariyb 200 kishida COVID-19 tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovU vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami
U vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 4925 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Qurbonlar soni 48 nafarga yetgan.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus holati 193 taga ko‘paydi.

“2020 yil 12-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12706 (+193) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Laborant smotrit v mikroskop vo vremya demonstratsii pervogo v mire jivogo serdsa, napechatannogo na 3D-printere, Tel-Aviv, Izrail - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar COVIDga immunitet borasida hayratlanarli xulosaga kelishdi

Yangi kasallanganlarning 84 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 67 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 25 nafari Namangan viloyatida (shundan 17 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 17 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 7723 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4925 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Qurbonlar soni 58 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0