JB O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish uchun 500 million $ ajratadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov
Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli bitimni O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor Liliya Burunchuk imzoladi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Jahon banki O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish uchun 500 million dollar ajratadi. Tegishli bitim O‘zbekiston bosh vazirning o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor Liliya Burunchuk tomonidan imzolandi.

Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan tegishli ravishda 276 mln dollar va 224 mln dollar miqdorida moliyalashtiriladi.

Jahon banki O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 95 mln $ ajratadi

Ushbu loyiha tufayli O‘zbekistonning barcha mintaqalaridagi fermerlar va agro korxonalari vakillari uchun zamonaviy texnologiyalar, texnik maslahatlar, ishlab chiqarish, agrologistika, fitosanitariyaning turli bosqichlarida qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan, shuningdek, savdo hajmini oshirish uchun zarur axborot manbalaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Loyihada mahalliy ishlab chiqaruvchilar intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, issiqxona hujaliklarini tashkil etish hamda mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va qayta ishlash quvvatlarini yaratish, shuningdek, energetik va suvni tejaydigan texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyiha O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish va tarmoqqa ilg‘or ishlanmalarni joriy etishga yordam beradi.

Loyiha tadbirlari urug‘chilikni rivojlantirish, yer va suv resurslarini boshqarish, muayan hududlarga mo‘ljallangan agroekologik iqlimga chidamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, O‘zbekistondagi o‘simliklarning noyob genetik materiallarini saqlash masalalariga qaratilgan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0