“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishFutbol
Futbol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. “Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy sayti xabar qilmoqda.

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan”, - deyilgan xabarda.

Futbolist Paulo Dibala - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yuqtirib olgan taniqli 10 nafar sportchi – ro‘yxat

Qayd etilishicha, “Bunyodkor” bazasi dezinfeksiya qilinadi va jamoa a’zolari tekshiruvdan o‘tadi. Hammasi joyida bo‘lgan taqdirda, futbolchilar shifokorlar nazorati ostida mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, “Bunyodkor” bilan 7-iyul kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari o‘zini yaxshi his qilmoqda.

“Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi 14-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 12 855 ta holat aniqlangan. Shulardan 7723 nafari tuzalib ketgan. Virus qurbonlari soni 59 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0