Andijondagi bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi - sabablar

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 11-sonli MTT mudirasi G.Xo‘jaqulova o‘z joniga qasd qildi. Ekspertiza xulosasi asosida tuman prokuraturasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan.

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari G.Xo‘jaqulova o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda MTT vazirligi matbuot-xizmati.

Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Karantin davrida bog‘cha bolasi ota-onasiga mehnat ta’tili berish tartibi tasdiqlandi

Ta’kidlanishicha, maktabgacha ta’lim vaziri tegishli farmoni bilan MTT bo‘limi faoliyatini o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil etilgan.

Ishchi guruh axborotiga ko‘ra, 1967-yilda tug‘ilgan Xo‘jaqulova joriy yil may oyi boshida o‘z joniga qasd qilgan va olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga olib borilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, bog‘cha mudirasining hayotini asrab qolishning iloji bo‘lmagan.

Xo‘jakulova ushbu lavozimda 2010-yildan buyon ishlab kelayotgani aytilmoqda.

Baliqchi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar surishtiruvlarga ko‘ra, marhum Xo‘jakulova sog‘lig‘i va ishdagi muammolar tufayli psixologik holatida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli o‘z joniga qasd qilgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligining ishchi guruhi tomonidan Baliqchi tumani bo‘limi ishini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ushbu tuman bo‘limi boshlig‘i o‘z vazifalariga beparvolik bilan munosabatda bo‘lib, natijada tumanda nosog‘lom vaziyat yuzaga keldi.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda ombor mudiri o‘z joniga qasd qildi. BP sababini o‘rganmoqda

Shuningdek, may oyida yuz bergan tekshiruvlar natijasida 11-sonli MTTda ta’mirlash-qurilish ishlarini amalga oshirgan "Milano qurilish" MChJ rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan budjet mablag‘larini o‘margani fosh bo‘lgan. Bundan tashqari, ta’mirlash-qurilish ishlari sifatsiz amalga oshirilgani o‘z tasdig‘ini topgan.

Aniqlangan qonunbuzarlik holati bo‘yicha Baliqchi tumani prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ishchi guruhining aniqlashicha, Baliqchi tumani MTBsida ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagani; rahbar xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi; idoraviy nazorat susaytirib yuborilgani va natijada aholi orasida maktabgacha ta’lim tizimiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo‘lganligini aniqladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Baliqchi tumani Baliqchi tumani MTBsi mudiri S.Xonkeldiyeva bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Yangiliklar lentasi
0