Toshkentda yil boshidan zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 709 nafar ayolga himoya orderi berildi

CC0 / pixabay / Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto
Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Himoya orderlarining 313 tasi jismoniy, 7 tasi jinsiy, 12 tasi iqtisodiy, 377 tasi ruhiy zo‘ravonliklar uchun berilgan.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Toshkent shahrida joriy yilning olti oyi davomida zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga 709 ta ximoya orderi berildi, deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent shahar IIBB XPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi.

Nasilie - Sputnik O‘zbekiston
BMT karantinda uydagi zo‘ravonlikka e’tibor berishga chaqirdi

Ta’kidlanishicha, himoya orderlarining 639 tasi oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan holatlar yuzasidan berilgan. Zo‘ravonliklarning 583 tasi oiladagi kelishmovchilik, 52 tasi moddiy yetishmovchilik, 35 tasi rashk, 39 tasi oiladagi uchinchi shaxs aralashuvi tufayli kelib chiqqan.

Zo‘ravonliklar 436 ta holatda turmush o‘rtoq, 38 ta holatda qaynonalar, 26 holatda kelinlar 209 holatda esa boshqa shaxslar tomonidan ayolga nisbatan sodir etilgan.

Shuningdek, himoya orderlarining 313 tasi jismoniy, 7 tasi jinsiy, 12 tasi iqtisodiy, 377 tasi ruhiy zo‘ravonliklar uchun berilgan.

Ma’lumot uchun, koronavirus epidemiyasi tufayli o‘rtacha hisobda 2,6 milliard kishi bir necha oydan beri o‘z-o‘zini yakkalash tartibida turmush kechirmoqda. Ushbu vaziyatdan oilaviy zo‘ravonlik holatlari keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Ayrim mamlakatlarda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar soni 2 baravar oshgani haqida BMT bosh kotibi Antonio Guterrish 5-aprel kuni so‘zlagan nutqida aytib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0