O‘zbekiston Rossiyaning yana 3ta shahrida konsulxonalar ochishni rejalashtirgan

© Press-slujba Minoboroni RossiiFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda Bosh konsulliklar Rossiyaning oltita shahrida - Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirskda ochilgan. Shuningdek Moskvada O‘zbekistonning elchixonasi ham faoliyat yuritmoqda.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada yana uchta Bosh konsulligini ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Yejednevno bolee 100 grajdan obrashayutsya za pomoshyu v posolstvo Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Meni tezroq uyga jo‘nating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar

Taxminlarga ko‘ra, diplomatik idoralar Tula, Samara va Saranskda ochilishi mumkin. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Erkin Hamrayev parlamentning “Narodnoe slovo” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston vakolatxonalari Rossiyaning yetti shahrida mavjud:

• respublika elchixonasi Moskvada joylashgan. Shuningdek, elchixona qoshida respublika Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda;

• Bosh konsulliklar Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don va Novosibirskda ochilgan.

Hamrayevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda RF hududida 1,5 million o‘zbekistonlik bor. Biroq, respublika fuqarolari o‘z holiga tashlab qo‘yilmadi, deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek vatandoshlar, turli idoralarning, shu jumladan, O‘zbekiston faol hamkorlik qilayotgan "Rossiya migrantlar Federatsiyasi" jamoat tashkilotining hududiy bo‘linmalarining yordamiga tayanishi mumkin.

“Rossiyada ishni davom ettirish niyatida bo‘lgan fuqarolar, RF hududida karantin choralari asta-sekin yumshatilayotganligi sababli, bosh konsulliklarga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot olish uchun murojaat qilmoqdalar”, - deya qo‘shimcha qildi Xamrayev.

Ta’kidlanishicha, chet elda O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisining qariyb 20 foizi ishlamoqda - bu 2,5 million kishi degani.

Yangiliklar lentasi
0