Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga tayinlandi

Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Prezident qarori bilan Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

Shu munosabat bilan, Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, agentlik prezidentning 2020-yil 30-iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.

Shuningdek, Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Farmon bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0