Toshkentda firibgar tuzog‘iga ilingan fuqaro 111 ming dollaridan ayrildi

© Nguyen Huy KhamDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
37 yoshli fuqaro Hindistondan qo‘lqop va jarrohlik iplarini olib kelishni va’da qilgan. Biroq olgan 111,6 ming dollarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Toshkentda katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsga jinoiy ish ochildi.

Salon krasoti v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Mijozlarni “kipriksiz” qoldirdi: salon ishchisi 52 ming dollarga chuv tushdi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 2019-yilda samarqandlik 37 yoshli G‘.A. 50 yoshli O.A.ga Hindistondan qo‘lqop va jarrohlik iplari olib kelishni va’da qilgan.

Buning uchun undan 111 650 dollar olgan. Ammo va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0