TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Uzun oyoqli mo‘g‘ulistonlik ayol internet foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 29 yoshli Rentsenxorloo Ren Bad Mo‘g‘ulistonda tug‘ilgan, ayni vaqtda Chikagoda istiqomat qiladi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Nashr yozishicha, u dunyodagi eng uchun oyoqli ayollar biri hisoblanadi. Uning bo‘yi – 206 santimert, oyog‘i esa 134 santimetr 11 millimetrni tashkil qiladi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Ta’kidlanishicha, qizning ota-onasi ham baland bo‘yli: otasi – 208 santimetr, onasi – 185 santimetr.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
“Men eshik oraliqlarini juda yomon ko‘raman, ular men uchun juda past. Men doim ularga boshimni urib yuraman. Shoping esa – bu alohida masala. Ayniqsa, poyabzalning 46 razmerini topish juda qiyin”, - deydi ayol.
Chiroyli oyoqlar ayolga ish topishga yordam berdi. Yaqinda u bo‘yi baland bo‘lgan ayollar uchun legins ishlab chiqaradigan brend bilan hamkorlik qilishni boshladi.