O‘zbekistonda koronavirus: 8-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 198 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 6 888 nafarga yetdi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV: fuqarolarning O‘zbekistonga kirishi bilan bog‘liq muammo tez muddatda hal qilinadi

Bir sutka davomida 395 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 982 nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 198 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika  bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 6 888 nafarga yetdi.

Ayni paytda 4 052 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 24 nafar bemor og‘ir ahvolda, 13 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holati

Uchtepa tumanida yashovchi 64 yoshli B.K. (erkak kishi) 1-iyuldan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabetning 2-turi, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

2 iyul kuni undan "COVID-19" infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. Oxirgi 8-yil davomida u parkinson kasalligi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Bemor 2019-yil 1-iyul kuni bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi ishemik turini ham o‘tkazgan.

Reanimatsion muolajalarga karamay, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Respublikada karantin yana kuchaytiriladi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli karantin choralari keskin kuchaytiriladi. Avtotransport harakati va yirik jamoat obyektlari faoliyati cheklanadi. Bu haqda to‘liq.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Kirish imtihonlari onlayn bo‘lmaydi – DTM

Shifoxonalarda yotoq o‘rinlari qolmadi

O‘zbekistonda shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmadi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Habibulla Oqilov AOKAdagi brifingda ma’lum qildi.

“Sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar bugungi kunga kelib poyoniga yetdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun shifoxonalarda koyka o‘rinlari to‘lgan. Barcha shifokorlar jalb etilgan. Shu bois maxsus komissiya bilan kelishgan holda simptomsiz bemorlarni uyda davolanishlariga ruxsat berdik”, - dedi u.

Oqilov boshqa surunkali kasalligi bor bemorlarning qanchasi davolana olmagani, qanchasi vafot etayotgani haqidagi statistika yo‘qligini aytdi.

“Agar har kuni 1000 ta koronavirus kasalligi aniqlansa, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi o‘ladi”, - deb qo‘shimcha qildi Oqilov.

Charter jadvali o‘zgardi

Charter reyslari jadvali Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqildi.

6 – 19-iyul kunlariga rejalashtirilgan 19 ta parvozdan 13 tasi amalga oshirish belgilandi, jumladan Rossiyadan 9 ta parvozdan 5 tasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Moskvaga 6 tadan 3 ta, Sankt-Peterburgga 2 tadan 1 ta parvoz amalga oshirish ko‘zda tutildi. Vladivostokka maxsus reys saqlab qolindi. Dubaydan esa parvoz bekor qilingan. Yangi parvozlar javdali.

Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish maqsadida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish choralari ko‘riladi.

Chegaradagi fuqarolar

Tashqi ishlar vazirligi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida va Orenburg viloyati Buzuluk shahrida vatandoshlar to‘planishi yuzasidan bayonot berdi.

Apparat dlya IVL - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning Jambil viloyati O‘zbekistondan yordam so‘radi

Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolardan cheklov choralariga to‘g‘ri baho berishlarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va o‘zlarining va atrofdagilarning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymasliklarini yana so‘ralgan.

O‘zbekiston fuqarolari charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan hamda muntazam “sariq” va “yashil” reyslar qayta tashkil etilishiga ko‘ra vatanga qaytadilar.

Shuningdek, TIV Qozog‘iston bilan chegaradagi “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi. Qayd etilishicha, texnik sabablarga ko‘ra so‘nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o‘tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirilgan.

“Jibek joli” o‘tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi.

Test onlayn bo‘lmaydi

Turli manbalarda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Situatsiya na kazaxsko-uzbekskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston chegara punktida 3 mingga yaqin O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari to‘plandi

O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi shaklda, katta sig‘imli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 11,8 milliondan oshdi, 544 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (2,9 mln), Braziliyada (1,6 mln), Hindistonda (742 ming).

Yangiliklar lentasi
0