Yana tonirovka masalasi – deputatlar Hukumatga yangi taklif bilan chiqdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishReyd "skritix" patruley DPS v Moskve
Reyd skritix patruley DPS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir guruh deputatlar may - sentabr oylari davomida tonirovka narxini 5 baravar pasaytirishni taklif qilishmoqda.

TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatlari Hukumatga tonirovka narxini pasaytirish taklifi bilan chiqishdi. Bu haqida Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev o‘z telegram kanalida xabar qilmoqda.

Taklifda, xususan, 1-maydan 30-sentabrga qadar avtotransport vositasining orqa oynalarini (100%) va old yon (30%) oynalari tonirovka qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish va buning uchun BHMning 10 baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida to‘lov joriy etishni taklif etishgan.

G‘aniyev yozishiga ko‘ra, kuchli quyosh nuri - inson mehnati samaradorligi 15%gacha pasayishi, uning terisi erta qarishi, ko‘z to‘rpardasi zararlanishi va teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda tonirovka uchun yillik to‘lov 11 mln 150 ming so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0