Buxoroda janjallashgan qaynota va kuyovni ajratmoqchi bo‘lgan ayol do‘pposlandi

CC0 / pixabay / Devushka v pole
Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda 30 yoshli qaynota kuyovi bilan janjallashgan. Qaynota ularni ajratish uchun kelgan ayolni do‘pposlagan.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Buxoroda qaynota va kuyovning janjali jinoyat ishi ochilishi bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Skoraya pomosh, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida tez yordamning erkak va ayol shifokorlari ayovsiz kaltaklandi

Hodisa 26-iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan Perinatal markazi oldida sodir bo‘lgan. 30 yoshli N.R. kuyovi J.S. bilan janjallashgan. Bunga o‘zaro oldindan bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. N.R. ularni ajratish uchun kelgan ayolni do‘pposlab, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0