TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Qirq besh yoshli yaponiyalik Jenichi Mitsuxasi dunyoda birinchi marta nindzya-magistri diplomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Japan Times xabar qildi.
Genichi Mitsuhashi, 45 a #Japanese man has become the first person in the world to hold a master's degree in ninja studies, after completing a graduate course that involved learning basic martial arts and how to stealthily climb mountains. pic.twitter.com/t0YojZE1AB
— Muthu S Krishnan (@MuthuSKrishnan1) July 5, 2020
Erkak birinchi nindzya - klanining tarixiy vatanida joylashgan - Mi universiteti aspiranturasida ikki yil davomida tahsil oldi. U hujjatlarni o‘rganib, ma’ruzalarni tingladi va "jang san’ati amaliy jihatlarini to‘liq o‘rgandi".
"Nindzalar ertalab dehqonchilik qilishini, tushdan keyin esa jang san’ati bilan shug‘ullanishlarini o‘qidim. Men nafaqat ko‘p mashq qildim, balki sabzavot ham yetishtirdim. Qora kiyimli yollanma qotillar har tomonlama omon qolish qobiliyatiga ega bo‘lganlar", - dedi Mitsuxasi.
U kung fu va serinji-kempo nomi bilan tanilgan yapon jang san’atini o‘rgandi. Endi usta boshqalarga ninzya mahoratini o‘zining shaxsiy dojosida o‘rgatmoqda (yapon jang san’ati bo‘yicha mashg‘ulotlar, musobaqalar va imtihondan o‘tkazish joyi), mahalliy mehmonxonani boshqaradi va bir vaqtning o‘zida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlaydi.
2017 yilda Mi universitetida dunyoda birinchi nindzya tadqiqot markazini tashkil qilindi va bir yildan so‘ng magistratura ochildi. Yaponiya tarixi professori Yuji Yamada Mitsuxasining o‘z vazifasiga sodiqligini alohida e’tirof etdi.
Oliygohga o‘qishga kirish uchun talabalar Yaponiya tarixi va tarixiy hujjatlarni o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lishi bo‘yicha imtihondan o‘tadi. Ta’lim muassasasi rahbari ta’kidlashicha, har yili faqat uch nafar abituriyent o‘qishga kiradi.