Xitoy va Mo‘g‘ulistonda qora o‘latga chalinish holatlari qayd etildi

Obuna bo‘lish
Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyatida chorvadorda qora o‘lat qayd etildi. Bu haqda Bayan-Nur shahri sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyatida chorvador qora o‘latga chalinish holati aniqlandi. Bu haqda “Sinszinbao” gazetasi Bayan-Nur sog‘liqni saqlash qo‘mitasiga asosan xabar qildi.

Zeleniy rinok v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya tufayli Markaziy Osiyoning 2,6 mln fuqarosi qashshoqlikka yuz tutishi mumkin

"Bemor kasallanishdan avval qora o‘latining epimarkazida bo‘lgandi. Hozir bemor izolyatsiya qilinib, davolanmoqda, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda", - deb ma’lum qilishdi qo‘mitada.

Erkak bir kun oldin qora o‘lat kasalligiga gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgandi. Shundan so‘ng, Urad-Chjunsi shahrining Bayan-Nur shahridagi Xoshun (Ichki Mo‘g‘ulistondagi ma’muriy-hududiy birligi)da epidemiologik ogohlantirishning uchinchi darajasi e’lon qilindi.

Rasmiylarga ko‘ra, aholi orasida qora o‘lat tarqalishi xavfi mavjud. Aholi shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilishi va kasallik haqidagi xabardorligini oshirishi lozim. Epidemik xavfli hayvonlarga, birinchi navbatda sug‘urlarga ov qilish taqiqlanadi. O‘lik yoki kasal hayvonlar aniqlanganda bu haqida darhol hokimiyat idoralariga xabar qilish lozim

Shuningdek, Mo‘g‘ulistonning Oltoy respublikasi bilan chegaradosh tumanida ikki kishi qora o‘latga chalingandi.

Qora o‘lat sug‘urlarda tarqaladi, Mo‘g‘uliston aholisi taqiqlarga qaramay uni iste’mol qilishadi. Shuningdek, sug‘ur go‘shtini kesishda ham yuqtirib olish mumkin, ammo bu kamdan kam uchraydigan holat.

Qora o‘lat – kalamushlarda yashaydigan (parazit) burgalar orqali, Yersinia pestis bakteriya keltirib chiqaradigan o‘tkir kasallik hisoblanadi, odamdan odamga yuqishi mumkin. O‘lat juda xavfli infeksiyalar turiga kiradi.  

Kasallikning o‘ziga xos xususiyati limfa tugunlarining og‘riqli yallig‘lanishi hisoblanib, buning ortida g‘urralarga o‘xshash bezlar hosil bo‘ladi. 

Qora o‘latning tarqalishining odatiy usuli "kalamush – burga - odam" sxemasi hisoblanadi, ammo o‘tmishdagi keng miqyosli epidemiyalar paytida “odam – burga - odam" sxemasi bo‘yicha o‘latga chalingan kishi infeksiyaning manbai bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0