COVID-19 dan xoli yagona viloyatda aholi orasida yangi holat aniqlandi

© Flickr / t_y_lPamatnik v Fergane
Pamatnik v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning yagona koronavirusdan xoli bo‘lgan Farg‘ona viloyatiga kasallik qaytdi. U yerda aholi orasida 3 ta yangi holat aniqlandi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. COVID-19 dan xoli hudud bo‘lgan Farg‘ona viloyatida aholi orasida yangi kasallanish holati qayd etildi.

“2020 yil 6-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 (+141) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Rossiyskie mediki razrabotali vaksinu - Sputnik O‘zbekiston
JSST COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirmoqda

Yangi kasallanganlarning 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 6584 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3664 nafar davolanmoqda. Bugun koronavirusning 36-qurboni qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0