Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev yangi lavozimga tayinlandi

© Press-slujba Xokimiyata Buxarskoy oblastiUktam Barnoyev
Uktam Barnoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev nomzodi O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga raisligiga tavsiya qilindi

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida videoselektor ko‘rinishida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘ktam Barnoyev federatsiya raisi etib saylandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda.

Mejdunarodniy konniy turnir  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalar ot sporti maktablari tashkil etiladi

"O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev nomzodi O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga raisligiga tavsiya qilindi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Shuningdek, konferensiyada federatsiya rahbariyati hamda 13 kishidan iborat Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tarkibi ham saylandi", - deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, rais o‘rinbosarlari sifatida Feruz Abdullayev, Bahrom Norqobilov, Avaz Ismoilov va Kamol Xudoyberdiyev nomzodlari ma’qullangan.

Shu bilan birga Kamol Xudoyberdiyev federatsiya bosh kotibi lavozimiga ham tasdiqlangan. Bungacha federatsiyada rais o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Gaziyev hamda Akmal Toshevlar ham o‘z lavozimida qolishdi.

Videoselektor davomida yilqichilik va ot sporti federatsiyasining keyingi faoliyati bo‘yicha takliflar bildirilgan. Unga ko‘ra hududlarda ushbu sport turini yana-da rivojlantirish bo‘yicha markazlar tashkil etish, sport inventarlari holatini o‘rganish va yangilash borasida kelishib olingan.

Yangiliklar lentasi
0