TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. AQSh harbiy dengiz kuchlari "Gabriel Giffords" (Gabrielle Giffords) jangovar kemasining raketa zaxirasini to‘ldirmadi.
The Drive portali yozishicha, kemada zamonaviy Mk 87 Mod 0 raketa uchirish tizimi o‘rnatilgan, u 8 dona RGM-184A Naval Strike Missile stels-raketaga mo‘ljallangan. O‘tgan yilning oktabr oyida Guam orolida o‘tkazilgan harbiy mashq davomida “Giffords” harbiy kema ekipaji hisobdan chiqarilgan fregatni yakson qilib, uni cho‘qtirdi.
Jurnalistlar ta’kidlashicha, o‘sha vaqtdan beri bu kema yangi raketa o‘rni to‘ldirilmagan holda Janubiy-Xitoy dengizida patrullik qilmoqda.
AQSh harbiy dengiz kuchlari “yo‘qotilgan” raketa yangisi bilan nima uchun to‘ldirilmagani haqida savolga javob berishmadi. The Drive jurnalistlari qurol ishlab chiqaruvchi - Norvegiyaning "Kongsberg" kompaniyasi va uni ishlab chiqaruvchi, Amerikaning "Raytheon" kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi muammolar sabab bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda.