Yaponiyadagi tabiiy ofat natijasida O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmadi

Obuna bo‘lish
Kuchli yomg‘ir sabab Kumamoto va Kagosima prefekturalarida 200 mingdan oshiq odamlarni evakuatsiya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Yaponiyadagi kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda “Dunyo” AA mamlakatning Yaponiyadagi elchixonasi ma’lumotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Kuchli yomg‘ir sabab Kumamoto va Kagosima prefekturalarida 200 mingdan oshiq odamlarni evakuatsiya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya janubiy-sharqida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 16 nafarga yetgan.

Mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi darolarning toshishi, ko‘chkilar va hududlarni suv bosishi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Mutaxassislar ko‘ra, Kumamoto prefekturasining ba’zi tumanlarida kuniga 479,5 mm yomg‘ir yog‘di.

Yangiliklar lentasi
0