Koronavirusga qarshi 3 ta dori sinovi to‘xtatildi – JSST qarori

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK
Sotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gap gidroksixloroxin (bezgakka qarshi dori), lopinavir va ritonavir (OIVni davolashda qo‘llaniladi) haqida bormoqda.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusga qarshi 3 ta dori sinovini to‘xtatdi. Bu haqda JSST matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Gap gidroksixloroxin (bezgakka qarshi dori), lopinavir va ritonavir (OIVni davolashda qo‘llaniladi) haqida bormoqda.

Ispitanie vaksini ot koronavirusa v RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada sinovdan o‘tayotgan uch xil vaksina o‘z samaradorligini ko‘rsatdi

Qaror Birdamlik sinovlari Xalqaro boshqaruv qo‘mitasining tavsiyasiga binoan qabul qilingan.

Ushbu dorilar hamda remdesivir va interferon sinovlari mart oyidan buyon o‘tkazilayotgan edi. Unda 4,5 mingdan ziyod ko‘ngillilar ishtirok etishgan. Sinovlarning dastlabki natijalari gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavir koronavirus bilan kasallanganlar orasida o‘lim holatlarini kamaytirmasligini ko‘rsatgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi birinchi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi dori “Avifavir” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullangan edi.

Yangiliklar lentasi
0