Namanganda shovqin chiqaruvchi termoplast yo‘l chiziqlarini sinovdan o‘tkazish boshlandi

© MVD RUzV Uzbekistane nachali testirovat spetsialnuyu shumovuyu razmetku iz termoplasta
V Uzbekistane nachali testirovat spetsialnuyu shumovuyu razmetku iz termoplasta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiziqlar faqatgina yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida chizilgan bo‘lib, sinov tariqasida qo‘llanilmoqda.

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda shovqin chiqaruvchi termoplast yo‘l chiziqlarini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Chiziqlar faqatgina yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida chizilgan bo‘lib, sinov tariqasida qo‘llanilmoqda.

Namangan viloyati yo‘llarida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilishi boshlandi. 

Yo‘lda harakatlayotgan haydovchilar ushbu chiziqlar ustidan harakatlanib o‘tgan vaqtida shovqin yuzaga keladi va charchagan haydovchi shovqinni eshitib yetarlicha sergaklanadi.

Bu chiziqlar faqatgina yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida chizilgan bo‘lib, sinov tariqasida qo‘llanilmoqda, deyilgan ma’lumotda.

Yangiliklar lentasi
0