TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Stuardessalar yo‘lovchilar osmonda sodir etadigan eng xunuk odatlarni aytdilar. Bu haqda Expressga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Stuardessalardan birining ijtimoiy-xabar saytiga ma’lum qilishicha, ayrim odamlar parvoz vaqtida etiketga amal qilishni xohlamas ekan. "Ular narsalarni turli joylarga tiqishtirishni odat qilib olganlar. Bir martalik tagliklar, ovqat, qusuq uchun mo‘ljallangan paketlar — bularning barchasi o‘tirg‘ichlar ostiga, kreslolar orqasidagi cho‘ntaklarga solinadi".
Stuardessaning aytishicha, samolyotlar faqatgina barcha reyslar yakunlanganidan so‘ng tozalanadi.
Tez-tez parvoz qiluvchi yo‘lovchilardan biri: "Shuning uchun ham bortda nimagadir tegmaslikka harakat qilaman", - deya aytgan.