"MISiS"ga qabul kvotalari e’lon qilindi

© Press-slujba MISiSV MISiS rasskazali, skolko studentov budut obuchatsya za schet gosudarstva
V MISiS rasskazali, skolko studentov budut obuchatsya za schet gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kirish imtihonlari kunduzgi o‘qish shakli uchun 2020-yil 25-iyuldan 5-avgustgacha, sirtqi o‘qish uchun 2020-yil 5-avgustdan 15-avgustgacha rejalashtirilgan.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. "MISiS" NITU Olmaliq filialiga 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalarni qabul qilish kvotasi 250 kishini tashkil etadi va talabalarning 40 foizi O‘zbekiston davlat buyurtmasi (budjeti) hisobidan tahsil oladi.

Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Usmonov fondi "MISiS" filiali faoliyatini moliyalashtirishda davom etadi

Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, joriy yilgi qabul komissiyasining farqli jihati - birinchi marta sirtki o‘qish uchun kvotalarning ajratilishi va abituriyentlarning hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinishi.

Respublika Oliy Ta’lim Vazirligi va "bosh universitet"ning global pandemiyada sharoitida bergan ko‘rsatmalarini hisobga olgan holda, shuningdek, respublikaning chekka hududlaridan kelganlar imtihon kunlari filial yotoqxonasiga joylashtiriladi.

Hujjatlar qabuli quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda kvotalar quyidagi tartibda taqsimlanadi: "Metallurgiya (metall texnologiyasi)" - 75 kunduzgi va 25 sirtqi, "Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)" - 25 ta kunduzgi va 25 ta sirtqi va "Konchilik" ixtisosligi - 75 kunduzgi va 25 sirtqi.

Hujjatlarni topshirish muddati:

- kunduzgi o‘qish shakli uchun 2020-yil 20-iyundan 20-iyulgacha;

- sirtqi o‘qish shakli uchun 2020-yil 20-iyundan 31-iyulgacha.

Kirish imtihonlari kunduzgi o‘qish shakli uchun 2020-yil 25-iyuldan 5-avgustgacha, sirtqi o‘qish uchun 2020-yil 5-avgustdan 15-avgustgacha rejalashtirilgan.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati va hujjatlarni onlayn tarzda topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan misis.uz saytida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0