TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Elmira Basitxanova yana Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi SSV matbuot-xizmati.
O‘zbekiston prezidentining joriy yil 3-iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Basitxanova Elmira Irkinovna tayinlandi.
Basitxanova 1958-yilda tug‘ilgan. 1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.
Tayinlovga qadar Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida faoliyatini boshlagan va ko‘p yillar bosh shifokor sifatida, shuningdek, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Ayni paytga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.