Olimlar shokda! Afrikada sirli tarzda 350 bosh fil o‘ldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishNatsionalniy park Chobe v Botsvane
Natsionalniy park Chobe v Botsvane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afrikaning Botsvana shimolida bir necha hafta davomida sirli tarzda 350 bosh fil o‘ldi. Fillar o‘limi haqida birinchi marta may oyining o‘rtalarida xabarlar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Afrikada Botsvana shimolida bir necha haftada sirli tarzda 350 bosh fil o‘ldi, deb xabar qildi The Guardian.

Fillar o‘limi haqida birinchi marta may oyining o‘rtalarida xabarlar paydo bo‘ldi.

Hayvonlarning qoldiqlari mamlakat shimolidagi Okavango darosi yaqinida topilgan. Iyun o‘rtalariga kelib 170 bosh filning tanasi topildi.

Bir kun avval Britaniya Milliy Parkni qutqaruv xayriya tashkilotining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha direktori Nayl Makkann OAVlarga sirli tarzda o‘lim holatlari soni 350 taga yetganini ma’lum qildi.

"Kamida 350 fil o‘ldi – bu juda hayratlanarli. Botsvanada Afrika fillarining uchdan birida yashaydi, ularning 10 foizi shu hududda joylashgan, shuning uchun vaziyat fillarning umumiy populyatsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin", dedi Makken.

Aerosuratlarda fillarning jasadi deyarli 70 foizi hayvonlar suv ichadigan joyda bo‘lgani aks etgan.

Hayvonlarning ommaviy o‘lishi sabablari noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, bu tajovuzkor patogen yoxud zaharlash. Kuydirgi infeksiyasi bilan bog‘liq versiya tasdiqlanmadi.

“Fil tanalarida brakonyerlar tomonidan bu ish qilingani haqida izlar yo‘q”, - dedi  Botsvana hukumatining yovvoyi tabiat bo‘yicha mintaqaviy direktori Dimakatso Ntshebe.

Fillarning ommaviy o‘lishi sabablarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0