Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

“Nozik o‘yin”: ekspert AQShning O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorligiga munosabati haqida

© Sputnik / Vladimir Trefilov Grigoriy Lukyanov
Grigoriy Lukyanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari Qo‘shma Shtatlar Yevroosiyo integratsiyasining istiqbollari bo‘yicha bir necha bor ishonchsiz munosabat bildirgan, hozir esa ular kutmoqda va vaziyatni kuzatmoqda, deb hisoblaydi siyosat va boshqaruv departamenti (NIU VShE) katta o‘qituvchisi Grigoriy Lukyanov.

"KommersantЪ" nashri yozishicha, AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo va Markaziy Osiyoning besh davlatidagi hamkasblari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng, AQSh Davlat departamenti AQShning Markaziy Osiyo respublikalariga ta’sir o‘tkazish uchun Moskva bilan raqobat qilmasligini ko‘rsatdi. Xususan, AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikka qarshi emas.

Siyosat va boshqaruv departamenti (NIU VShE) katta o‘qituvchisi Grigoriy Lukyanov AQSh Davlat departamenti tomonidan bir necha bor Yevrosiyo integratsiyasining istiqbollari va ayrim davlatlarining, shu jumladan Markaziy Osiyoning YeOIIdagi ishtirokiga shubha bilan qaraganini eslatdi.

“Menimcha, hozirgi sharoitda pozitsiya tubdan o‘zgarmadi. O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etmoqda. O‘ylaymanki, AQSh avvalgidek, hozirgi paytda avj olib borayotgan postsovet hududidagi integratsiya subyektlari bilan yaqinlashish jarayoni yaqin orada susayishini kutmoqda. Bu sharoitda AQSh yana bir bor "Biz aytgandik-ku", deya aytishi mumkin. Shuning uchun ular odatda kutilganidan ham nozikroq o‘yin olib borishadi. Ular rasmiy siyosiy munozaralarda O‘zbekiston rahbariyatiga jiddiy ma’naviy bosim o‘tkazmaydilar. Kutishadi va vaziyatni kuzatib borishadi”, - dedi ekspert.

Mutaxassisning batafsil izohini Sputnik podkastida tinglashingiz mumkin.

"Tonkaya igra": ekspert ob otnoshenii SShA k sotrudnichestvu Uzbekistana i YeAES
Yangiliklar lentasi
0