Mirziyoyev Putinni umummilliy ovoz berish muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari rossiyalik hamkasbini Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Vladimir Putinni muhim siyosiy tadbir – Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezidentlar fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida Moskva shahrida o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Golosovanie po popravkam k Konstitutsii RF v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
RF Konstitutsiyasiga tuzatishlarni 77,92% ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatladi

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Bo‘lajak oliy darajali tashriflar kun tartibidagi masalalarga, shuningdek, koronavirus infeksiyasi global miqyosda tarqalishining mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan chora-tadbirlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot chog‘ida xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi, MDH va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF Konstitutsiyasiga tuzatishlarni 77,92% ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0